Gruziyada namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanish taqiqlandi
Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili o‘z inauguratsiyasi kuni namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanishni taqiqlovchi qonnunni imzoladi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, namoyishga chiqqan Gruziya fuqarolari yuzlarini niqob va boshqa vositalar bilan to‘sishi hamda pirotexnika va lazerlardan foydalanishi man etiladi (namoyishchilar lazerlardan politsiyachilarning ko‘zlarini qamashtirish va kuzatuv kameralaridan panalanish uchun foydalanib kelishgan).
Gruziya oltinchi prezidentining inauguratsiyasi kecha, 29-deakbr kuni o‘tkazildi. Birinchi marta prezident xalq tomonidan saylanmadi. Oldingi prezident Salome Zurabishvili Kavelashvilini tan olmayapti.
Muxolifatchilar kecha o‘tkazilgan namoyishda inauguratsiyadan so‘ng Kavelashviliga qizil kartochka ko‘rsatishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter