Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya birinchilardan bo‘lib turistlarga chegaralarini ochadi

Gruziya birinchilardan bo‘lib turistlarga chegaralarini ochadi

Foto: kavkazplus.com

Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya mamlakat 1-iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qila boshlashini ma’lum qildi.

– 15-iyundan boshlab Gruziya mahalliy sayyohlik xizmatlarini taqdim etish uchun ochiladi, 1-iyuldan boshlab esa Gruziya xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Biz buni quruqlikdagi chegaralarda xavfsiz yo‘lakni ta’minlash orqali amalga oshiramiz. Gruziya chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun o‘z chegaralarini va infratuzilmasini ochgan birinchi davlatlardan biri bo‘ladi», dedi Gaxariya.

Ma’lum qilinishicha, Gruziyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning soni 615 tani tashkil etadi, 275 kishi esa tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring