Gondurasda mahbuslar o‘rtasida kelib chiqqan janjalda 19 kishi halok bo‘ldi
Joriy yilning 22-dekabr kuni tunda, Gonduras qamoqxonalaridan birida ommaviy qotillik sodir bo‘ldi — mahbuslar to‘qnashuvida 19 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Tartibsizlik mamlakatning markaziy qismida joylashgan Porvenir qamoqxonasida ro‘y bergan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yaralanganlardan ikki nafari pichoq bilan jarohatlangan holda kasalxonaga etkazilgan, hozirda ularning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Shanba, 21-dekabr kuni ham Gondurasning Atlantika sohilidagi Tela qamoqxonasida g‘alayon ko‘tarilib, otishma natijasida 18 kishi halok bo‘lgandi.
Voqealarga sabab deya to‘da a’zolari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash ko‘rsatilmoda. Bir hafta oldin mamlakat rahbariyati Gonduras qamoq tizimida favqulotda holat e’lon qilib, Milliy qamoqxona instituti vakolatlarini to‘xtatib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter