Gollandlar plastik chiqindilarni qurilishda ishlatishga qarshi
Niderlandiya infratuzilma vazirligi binokorlik kompaniyalarining qurilish materiallariga maydalangan plastik chiqindisini qo‘shishini taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Hozir bu texnologiya yo‘llar va to‘g‘onlar qurishda, suv omborlarining qirg‘oqlarini mustahkamlashda faol qo‘llanilyapti.
Vazirlik taklifiga ko‘ra, hozir qurilishda qo‘llanilayotgan plastiklar qayta ishlashga jo‘natilishi kerak, qurilishga esa tabiiy ashyolarni ishlatgan ma’qul. Albatta, bu qimmat, biroq plastiklarning mikrozarralar (mikroplastik) darajasigacha parchalanishi xavfi kamayadi. Bu mitti zarralar tirik organizmlar, masalan, baliqlar organizmiga, alaloqibat inson organizmiga tushishi bilan xavfli.
Bu taklif mamlakat parlamenti tomonidan muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter