Germaniyaning yadroviy urushga maxfiy tayyorgarligi haqida xabarlar tarqaldi
Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun maxfiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan, deb yozadi «Bild».
Nashrning ma’lum qilishicha, «Puxta tush» deb nomlanuvchi mashg‘ulotlar Shimoliy Reyn — Vestfaliya yerlaridagi Nyorfenix aviabazasida Germaniya harbiy-havo kuchlari va ularning NATOdagi ittifoqchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Harakatlarga yadroviy qurolni olib yurishga qodir qiruvchi-bombardimonchilar jalb etilgan. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, maqolada ta’kidlanishicha, atom bombalaridan foydalangan holda Germaniya mudofaasini ishlab chiqish.
Shuningdek, maqolada hozir yadro urushi boshlanish xavfi so‘nggi o‘ttiz yilga qaraganda ancha oshdi, degan fikr bildirilgan. Maqola mualliflarining fikriga ko‘ra, AQShning o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqishi buning asosiy sababi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter