Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaning Axen shahrida yangi masjid ochildi

Germaniyaning Axen shahrida yangi masjid ochildi

Foto: «DPA»

«Islom Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning, 1,5 million nafar musulmonlar esa jamiyatimizning bir bo‘lagidir. Biz birgamiz va tinch jamiyatimizni nafrat buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz».

Axendagi yangi masjidning ochilish marosimida Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri bosh vaziri Armin Lashit ana shu so‘zlarni tilga oldi.

Masjid qurilguniga qadar 40 yil davomida yaqin-atrofdagi musulmonlar avtomobillarga yonilg‘i quyiladigan eski stansiyadan foydalanib kelishgan, deya xabar beradi «Rp-online.de». Endi Axendagi Ditib turk-islom jamiyatining o‘z masjidi bor. Yangi masjidni qurish yetti yil davom etdi.  

Injil va Qur’on o‘qilganidan so‘ng Yunuc Empe masjidini Axen yevangeliya cherkovi superintendanti, Ditib jamiyati imomi, Axen obep-bupgomistri Mapcel Filipp va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri bosh vaziri Armin Lashit ochib berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring