Germaniyalik ekofaollar katta yo‘lga o‘zlarini yelimlab yopishtirdilar
Berlinda «Oxirgi avlod» faollari o‘zlarini asfaltga yopishtirib, shahar ko‘chalarini to‘sib qo‘yishdi. Ular hukumatning atrof-muhit muammolariga e’tiborini qaratish maqsadida xuddi shunday to‘siqlardan 30 tasini tashkil qilishgan, deb xabar bermoqda tvr. by nashri. Atrof-muhit jonkuyarlarini asfaltdan ko‘chirib olish uchun 500 nafar politsiya kerak bo‘ldi. Navbatdagi ushbu miting mushtlashuv bilan yakunlandi – haydovchilar ekofaollarni haqoratlashdi, namoyishchilarni asfaltdan «uzib» yo‘l chetiga chiqarishdi.
«Oxirgi avlod» faollari turli yo‘llar – mitinglar va o‘zlarini asfaltga yopishtirish bilan hukumatdan iqlim o‘zgarishiga befarq bo‘lmasliklarini talab qilishlari bilan mashhur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter