Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada svastikaga o‘xshab qolgan attraksionni yopishdi (video)

Germaniyada svastikaga o‘xshab qolgan attraksionni yopishdi (video)

Foto: «SWR»

Germaniyaning Leffingen shahrida «Burgut parvozi» deb ataluvchi 23 metrli attraksion svastika konstruksiyasiga o‘xshashligi bois yopildi. Bu haqda «SWR» teleradiokompaniyasi xabar berdi.

O‘zi attraksion iyul oxirlarida ochilgandi. O‘shanda uning gitlerchilar Germaniyasi ramzlaridan biriga o‘xshash ekanidan hech kim shikoyat qilmagandi. Lekin avgustda ijtimoiy tarmoqda dastlabki videolar paydo bo‘ldi: unda foydalanuvchilar konstruksiya Germaniyada taqiqlanuvchi belgini eslatishini qayd etishdi.

Park boshqaruvchisi bu haqda internetda xabar tarqatilmagunga qadar hech bir xodim unga e’tibor bermaganini ma’lum qildi. Attraksion operatori Ryudiger Braun esa dizayndan ko‘ngli xijil bo‘lgan yoki tahqirlangan har bir odamdan uzr so‘radi. Hozir muhandislar attraksionning yangi ko‘rinishi ustida ishlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring