Germaniyada prezident qayta saylandi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ikkinchi muddatga qayta saylandi.
Shtaynmayer 66 yoshda. Siyosatdagi faoliyatini sotsial-demokrat sifatida boshlagan. Ikki marta Germaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. 2017-yilda, Yoaxim Gaukdan so‘ng, ilk marotaba Germaniya prezidentligiga saylangan.
Davlat rahbari — prezident Germaniya Federal yig‘ini tomonidan saylanadi. Bu safargi saylovda Shtaynmayer 1045 ovoz to‘pladi. Mamlakatning deyarli barcha yirik partiyalari uning nomzodini yoqlagan.
Siyosatchi ikkinchi muddat ham faoliyatini davom ettirish istagini 2021-yilning may oyida bildirgandi. Germaniyada prezident besh yil muddatga saylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter