Germaniyada «maymun chechagi uchun 21 kun» qoidasi kuchga kirdi
Germaniyada maymun chechagi aniqlangan bemorlar uchun kamida uch hafta (21 kun) karantinda o‘tirish majburiyati joriy etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax bayonot berdi.
«Epidemiyalarning boshlang‘ich bosqichida qattiq va tezkor choralar qo‘llash zarur. Federal yerlar va Robert Kox instituti bilan birgalikda tavsiyalar ishlab chiqildi. Kasallik aniqlanganlar kamida 21 kun karantinga olinishi kerak», — dedi u.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 7-maydan beri 19 mamlakatda maymun chechagi qayd etilganini (131 ta holatda — aniqlangan, 106 ta holatda — taxmin) ma’lum qilgan.
Belgiya jahonda birinchi bo‘lib maymun chechagiga qarshi 21 kunlik karantin joriy etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter