Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada antisemitizm kuchaymoqda

Germaniyada antisemitizm kuchaymoqda

Germaniyada HAMAS va Isroil mojarosidan beri antisemitizm voqealari soni ortib bormoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lum qildi.

«7-oktyabrdan beri yahudiylarga bo‘lgan nafrat Germaniyada o‘nlab yillar davomida kuzatilmagan darajaga yetdi» – deydi Germaniya Federal hukumatining antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha komissari Feliks Klein.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir oy ichida antisemitistik voqealar va jinoyatlar soni ikki mingdan oshib ketgan. Kleinning qo‘shimcha qilishicha, bu 1938-yil 9-10-noyabr kunlari Germaniya va Avstriyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan antisemitizm zo‘ravonliklariga 85 yil to‘lishi oldidan «juda og‘riqli» holat.

Rasmiyning aniqlik kiritishicha, eng ko‘p yahudiylar yashaydigan uylarga Dovud yulduzlari yoki antisemit graffitilarining chizib ketilishi holati uchramoqda. U, shuningdek, 18-oktyabr kuni Berlindagi yahudiylar markaziga qilingan hujumni ham eslab o‘tgan.

Bungacha Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok X (Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Germaniyadagi yahudiylar hujumlardan tobora ko‘proq qo‘rqayotganini yozgan edi.

«Antisemitizmga qarshi kurashish uchun qonunning to‘liq kuchi kerak», – deydi Berbok.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring