Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya Telegram`ni 55 million yevro jarimaga tortmoqchi

Germaniya Telegram`ni  55 million yevro jarimaga tortmoqchi

Germaniya rasmiylari Telegram messenjerini ikki holatda 55 million yevro miqdorida jarimaga tortishi mumkin. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi vakiliga asoslanib Süddeutschen Zeitung nashri ma’lum qildi.

Rasmiylari messenjerni kontent moderatsiyasining yo‘qligida ayblamoqda, chunki ularning fikricha Telegram yomon maqsadlarda foydalaniladi, shuningdek, Germaniya sudlari bilan aloqa o‘rnatish uchun vakolatli shaxs yo‘q. Telegram birinchi holatda 50 million yevro, ikkinchi holatda esa 5 million yevro jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Freyzer mahalliy qonunlarni buzganlik uchun oxirgi chora sifatida Germaniyada Telegramni yopib qo‘yishga ruxsat bergan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ma’muriyatiga muntazam ravishda qoidabuzarliklar haqida xabar beriladi, ammo hech narsa o‘zgarmaydi. Shu bois bu masala Ichki ishlar vazirligi tomonidan nazorat qilinadi, ammo bu borada Yevropa davlatlarining qo‘shma qarori talab qilinadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring