Germaniya 2022-yilda barcha AESlarini yopadi
Germaniyada 2021-yilning 31-dekabr kuni ishlab turgan oltita atom elektr stansiyasining uchtasi to‘xtatildi, yozmoqda «AP News».
Yopilgan uchta reaktor 1980-yillarning o‘rtalarida ishga tushirilgan. Qariyb 40 yildan beri bu AESlar millionlab nemis oilalarini elektr toki bilan ta’minlab kelgan.
To‘xtatilgan AESlardan biri — Brokdorf Gamburgdan 40 kilometr shimoli-g‘arbda, Elba daryosi bo‘yida joylashgan. Ayni shu stansiya, 1986 yili Chernobil AES avariyasidan so‘ng, antiyadroviy namoyishlar markaziga aylangan edi. Qolgan ikki AES: Gronde — Gannoverdan 40 kilometr janubda, Gundremmingen — Myunxendan 80 kilometr g‘arbda joylashgan.
Germaniya hukumati o‘tgan hafta bayonot berishicha, 2022-yilda barcha atom elektr stansiyalarining to‘xtatilishi va 2030-yilda ko‘mir ishlatishning to‘xtatilishi mamlakatning energetika xavfsizligiga daxl qilmaydi, maqsad 2045-yilga borib Yevropadagi eng yirik iqtisodiyotning «iqlimiy neytralligi»ga erishishdir.
Fraunhofer instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya 2021-yilda elektr tokining salkam 46 foizini tiklanuvchi energiya manbalaridan oldi. Ko‘mir — 51 foiz, atom energiyasi — 13 foizdan ortiqroq ulushga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter