«Gazprom» va «QazaqGaz» Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi va Qozog‘istonning «QazaqGaz» kompaniyasi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilari uchun tashish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda TASS agentligi yozmoqda.
«Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uchrashuvda «Gazprom» va «QazaqGaz» o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilari uchun tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qozog‘iston va Rossiya energetika vazirlari Rossiya neftining tranziti bo‘yicha kelishuvlarni 2033 yil oxirigacha uzaytirgan. Hajmlarni 10 million tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning iyun oyi boshida Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev parlament yig‘ilishida, 2024 yil kuz-qish mavsumida Qozog‘iston infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘lishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter