«Gazonimni toptamang!»: uy egasi bosh vazir va jurnalistlarni o‘z yeridan haydab chiqardi (video)
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison aholiga uylarini ta’mirlash uchun subsidiyalar berilishi haqida jurnalistlarga so‘zlab berayotgandi. Ammo gapi chala qoldi... Uy egasi chiqib qolib, hammasini haydab soldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
«O‘n ming avstraliyalik... Bu loyiha ish o‘rinlari yaratadi... daromadlar limiti e’lon qilinadi...», — deyayotgandi Morrison telejurnalistlarga.
Biroq gapi chala qoldi. Eshik ochilib, norozi qiyofadagi uy egasi chiqib qoldi.
«Iltimos, gazondan nariroq ketsangiz», — dedi u.
Bosh vazir darhol jurnalistlardan oldinroqqa yurishni so‘radi.
«Tezroq bo‘lsalaring-chi. O‘zi yaqinda ekkandim», — ularni shoshiltirdi haligi erkak.
Uy egasidan uzr so‘rab, nariroq ketgan siyosatchi va jurnalistlar suhbatni kelgan joyidan davom ettirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter