Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda kamida ikki ming nafar bolalar halok bo‘lgani aytilmoqda

G‘azoda kamida ikki ming nafar bolalar halok bo‘lgani aytilmoqda

manba: ALI JADALLAH/ANADOLU

So‘nggi 17 kun ichida G‘azo sektorida kamida ikki ming voyaga yetmaganlar halok bo‘ldi. Buni Save the Children xalqaro xayriya tashkiloti ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Tashkilotning xabarida ta’kidlanishicha, «doimiy havo hujumlari G‘azo sektoridagi minglab binolarni tutun vayronalariga aylantirmoqda». Falastindagi Save the Children xalqaro xayriya tashkiloti direktori Jeyson Li jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

U bolalarni himoya qilishi kerakligini ta’kidladi: «bolalar hayotini himoya qilishning yagona yo‘li bu zo‘ravonlikni to‘xtatishdir».

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) beshta agentligi G‘azo sektoridagi vaziyat halokatli ekanligini aytgandi. Ular, shuningdek, gumanitar sulhga chaqirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring