Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo sektorida qurbon bo‘lganlar soni o‘n ming kishidan oshdi

G‘azo sektorida qurbon bo‘lganlar soni o‘n ming kishidan oshdi

G‘azo sektorida mojaro avj olgandan beri 10 mingdan ortiq odam aviazarbalar ostida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

«G‘azo sektoriga havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 022 nafarga yetdi», — deyiladi xabarda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 4104 nafari voyaga yetmaganlardir.

Bungacha mojaro hududida 24,8 mingdan ortiq odam jabrlangani ma’lum bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV rasmiysi Falastinda qancha o‘zbekistonlik borligi haqida aniq ma’lumot yo‘qligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring