Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo sektorida 76 nafar qozog‘istonlik borligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik-chi?

G‘azo sektorida 76 nafar qozog‘istonlik borligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik-chi?

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, G‘azo sektorida 76 nafar qozog‘istonlik qolib ketgan.

Zakon.kz xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan brifingda Aybek Smadiyarov 1 noyabr kuni G‘azo sektoridan chet el fuqarolari va ikki fuqarolikka ega falastinliklarni evakuatsiya qilish boshlanganini ma’lum qilgan. Ammo, afsuski, 4 noyabr kuni «Rafat» nazorat-o‘tkazish punkti orqali xorijliklar va yaradorlarni evakuatsiya qilish vaqtincha to‘xtatilgan.

«Misr va Isroil tomonlari talabiga ko‘ra, har bir davlatga Rafat punkti orqali xorijlik fuqarolarning o‘tishi uchun ma’lum sana beriladi. Bunda kuniga 500 ga yaqin kishining joriy o‘tkazish qobiliyati, shuningdek, umumiy soni hisobga olinadi. 45 ga yaqin davlat elchixonalari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatdagi odamlar soni esa 7 mingga yaqinni tashkil etadi. Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, bugungi kunda G‘azo sektorida Qozog‘iston Respublikasining 76 nafar fuqarosi bor. Ularning oila a’zolari bilan birga 161 kishi», deydi Aybek Smadiyarov.

Shu bilan birga, Misr va Isroil tomonida xorijlik fuqarolarning oila a’zolarining chiqib ketishi bo‘yicha muayyan talablar mavjud. Misol uchun, taxminan uchdan bir qismi yuqoridagi talablarga muvofiq evakuatsiya qilinmaydi. Bular — katta yoshdagi bolalar, turmush o‘rtoqlari, nevaralari va bolalarining turmush o‘rtoqlari.

«Shunga ko‘ra, ayrim fuqarolarimiz oila a’zolarini olib chiqib ketishning iloji yo‘qligi sababli G‘azo sektorini tark etishga tayyor emaslar», qayd etadi TIV vakili.

Isroil G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini hamon davom ettirmoqda. Isroil havo kuchlarining markaziy anklavdagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi natijasida, G‘azo sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, kamida 33 kishi halok bo‘lgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda falastinliklar qurbon bo‘lganlar soni 9448 nafarga yetdi. Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik va Isroil reydlarida 140 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV rasmiysi Falastinda qancha o‘zbekistonlik borligi haqida aniq ma’lumot yo‘qligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring