Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo ayollari bayram va Ramazonni qanday kutib olishmoqda? (foto)

G‘azo ayollari bayram va Ramazonni qanday kutib olishmoqda? (foto)

Isroil hujumlari va G‘azo sektorini ishg‘ol qilishi sababli ochlik inqirozi bilan kurashayotgan falastinlik ayollar Xalqaro xotin-qizlar kuni va yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyini og‘ir azoblar bilan kutib olmoqda.

44 yoshli falastinlik Bushra al-Shafiiy Xalqaro xotin-qizlar kuni va Ramazon oyini qayg‘u bilan kutib olayotgan ayollardan biri.

U o‘tgan hafta Isroilning Bayt Lahiya shahriga hujumidan so‘ng hushsiz holda Kamol Advan kasalxonasiga olib ketilgan xolasiga hamrohlik qilmoqda.

«Anadolu» nashri bilan suhbatda ayol muqaddas oyni bomba sadolarisiz tinch muhitda o‘tkazishni xohlashini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo ayollari tomonidan nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuni G‘azo ayollari uchun hech narsani anglatmaydi.

«Ular Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida gapirishyapti. Qaysi ayollar kuni? O‘lganlarning onalari? Yoki jarohatlangan bolalarning onalarimi? Yoki farzandlarini yo‘qotgan onalarmi?» dedi Shofi’iy.

U hayot uchun kurashayotgan yarador xolasini ko‘rsatadi va o‘zini ham ayol va ona ekanligini aytadi.

«Bu ayollar, bolalar va qariyalar nimada aybdor edi, ularning jinoyati nima edi? Biz oddiy fuqarolarmiz. Biz faqat xavfsizlik va tinchlikda yashashni xohlaymiz. Bizning oilamiz va do‘stlarimiz vafot etishdi. Xolamning qizi juda tirishqoq, mehnatkash edi, o‘qituvchi bo‘lishni xohlardi. O‘ldi. Biz barcha yaqinlarimizni yo‘qotdik», — deydi ayol.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 oktabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlari va bosqinlari tufayli mintaqada ahvol achinarli va ocharchilik hukm surmoqda.

«Bolalar va chaqaloqlarning ahvoli yanada og‘irroq. Sut ham, taglik ham yo‘q», dedi u.

Al-Shofeiy bayram  munosabati bilan dunyoning barcha ayollariga murojaat qilib, ular bilan birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi.

U urush Ramazon oyigacha tugashiga umid bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring