Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shma Shtatlarda g‘avvos kit og‘zidan omon chiqdi

Qo‘shma Shtatlarda g‘avvos kit og‘zidan omon chiqdi

Massachusets shtatida g‘avvos kit og‘zidan omon chiqib, jiddiy jarohatlarsiz qirg‘oqqa yetib bordi. Bu haqda mahalliy Cape Cod Times gazetasi xabar berdi.

56 yoshli Maykl Pakard juma kuni ertalab Atlantika okeanining qirg‘og‘ida qisqichbaqalarni tutayotgan bo‘lgan. 

«To‘satdan, men juda katta zarbni sezdim, shundan keyin qorong‘i bo‘lib qoldi. Men harakat qilayotganimni va kit meni og‘zidagi mushaklar yordamida itarib yuborayotganini his qildim», deydi u.

Dastlab Pakard uni akula yeb qo‘ygan deb o‘ylagan, lekin unga hujum qilgan jonivorning tishlarini topolmagan va jiddiy jarohatlar olmaganligini anglagan holda, g‘avvos uning kit ichida ekanligini tushungan. 

G‘avvos shiddat bilan harakatlana boshlagan, shundan keyin kit suv yuziga chiqib, boshini silkitib uni qo‘yib yuborgan. Pakardning sherigi uni qirg‘oqqa olib chiqqan. G‘avvos mahalliy kasalxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlarni topmagan, bir necha soatdan keyin g‘avvosga uyiga ketishiga ruxsat berishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring