Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«G‘aroyib odamlar» filmi aktyori vafot etdi

«G‘aroyib odamlar» filmi aktyori vafot etdi

«G‘aroyib odamlar: o‘tmishdagi kelajak kunlari» (X-Men: Days of Future Past, 2014) filmidagi roli bilan tanilgan meksikalik aktyor Adan Kanto 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda Variety jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kanto appendiks saratoni bilan uzoq davom etgan kurashdan so‘ng 8 yanvar kuni vafot etgan. U kasalligini so‘nggi kunlariga qadar sir saqlab kelgan. Kantoning oxirgi ishi «Tozalovchi ayol» teleseriali (2022 yildan hozirgi kungacha) bo‘lib, unda bosh rolni ijro etgan. Aktyorning rafiqasi va ikki farzandi qoldi.

Kanto 1981 yilda Meksikada tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor musiqa bilan shug‘ullanadi va bir nechta Meksika teleko‘rsatuvlari va filmlari uchun qo‘shiqlar yozadi. U 2009 yilda Estado de gracia serialida debyut qilgan. Aktyor hayoti davomida yigirmata film va teleseriallarda suratga tushgan, ulardan eng mashhurlari «Miksologiya» (Mixology, 2013-2014), «The Following» (2013-2015), «Narko» (Narcos, 2015-2017) va «Oxirgi nomzod» (Designated Survivor, 2016-2019) filmlaridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring