G‘arb Ukrainaga qo‘shinlar jo‘natishga tayyorlanmoqdami? Italiyalik vazir javob berdi
Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining aytishicha, Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari mamlakatga qo‘shin yuborish masalasini hech qachon muhokama qilmagan.
Bu haqda vazir Radio24 efirida gapirgan.
«Men bu haqda bilmayman. Biz hech qachon Kiyevga qo‘shin yuborish haqida gapirmaganmiz. Kecha ittifoqchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi Blinken o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi — unda Ukrainaga qo‘shin yuborish haqida hech qachon gapirilmadi», — deydi janob Tayani.
Shu tariqa, Italiya TIV rahbari Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning G‘arb davlatlari Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishga yaqinlashayotgani haqidagi bayonotiga izoh bergan.
Eslatib o‘tamiz, avval G‘arb Ukrainaga zamonaviy tanklarni berishga qaror qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter