G‘arb davlatlari Rossiya neft mahsulotlariga ikki xil narx chegarasini joriy etdi

G7 mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya Rossiya neft mahsulotlari uchun ikkita narx chegarasi haqida kelishib oldilar. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar bermoqda.
«Birinchi narx chegarasi odatda yuqori narxda sotiladigan neft mahsulotlariga, ikkinchisi esa chegirma bilan sotiladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi», – deyiladi vazirlig bayonotda.
Qaror «Katta yettilik» mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Avstraliya, Norvegiya va Shveysariya moliya vazirlari o‘rinbosarlarining onlayn uchrashuvida kelishib olingan.
Bundan tashqari, G‘arb davlatlari 2023 yilning mart oyida dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining o‘zi uchun ham narx chegarasini qayta ko‘rib chiqishga kelishib olishgan.
AQSh Moliya vazirligi matbuot bayonotida aytilishicha, yig‘ilish a’zolari narxlarning yuqori chegarasi o‘z maqsadlariga erishayotganini, ya’ni Rossiyaning eksport daromadlarini cheklash va global energiya ta’minotini barqarorlashtirishni tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter