Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ganada oltin konida halokat sodir bo‘ldi

Ganada oltin konida halokat sodir bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Gana shimolida oltin qazib chiqaruvchi kon vayronalari ostidan to‘qqiz kishining jasadi chiqarib olindi, deb xabar bermoqda mahalliy Citi Newsroom nashri.

Ta’kidlanishicha, kondagi o‘pirilish 31-may, dushanba kuni kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan, qutqaruvchilar guruhining bir necha kunlik urinishidan keyin halok bo‘lganlarning jasadlari olib chiqilgan.

«Qutqaruv operatsiyasi ikki kun oldin boshlangan edi, ammo kecha, chorshanba kuni kuchli yomg‘irdan keyin qamalib qolgan to‘qqizta konchini qazib olishga muvaffaq bo‘ldik. Jasadlarni olib chiqqandan so‘ng, politsiya o‘limni tasdiqlashi mumkin», — dedi mahalliy politsiya vakili.

Qutqarish operatsiyasi hali ham davom etayotgani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring