Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«G‘alaba kunida xorijiy rahbarlar Moskvaga taklif qilinmagan» ― Peskov

«G‘alaba kunida xorijiy rahbarlar Moskvaga taklif qilinmagan» ― Peskov

Foto: REUTERS

Xorijlik davlat rahbarlar 2022-yil 9-may kuni G‘alaba kunini nishonlash uchun Moskvaga taklif qilinmadi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Biz G‘alaba kuniga hech qanday xorijiy davlat rahbarlarini taklif qilganimiz yo‘q. Gap shundaki, bu yubiley sana emas», — deya izohladi Kreml vakili. — «Bu bizning bayramimiz, bu butun Rossiya, barcha ruslar uchun muqaddas bayram».

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu — G‘alaba paradi uchun Moskvaga kelish rejalarini Rossiya hukumati bilan baham ko‘rmagan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ham tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring