G‘alaba kuni Nursultonda harbiy parad va mushakbozlik o‘tkazilmaydi
Nursulton madaniyat boshqarmasi G‘alaba kuni va Qozog‘iston qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan poytaxtda mushakbozlik o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Zakon.kz»
May bayramlarida poytaxtda 40 dan ziyod tadbirlar belgilangan, xususan, 9-may kuni urush qurbonlari yodgorliklariga gulchambar va gullar qo‘yiladi, spektakllar va konsertlar, sirk dasturlari, an’anaviy yengil atletika musobaqalari o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.
Barcha tadbirlar, jumladan, «O‘lmas polk» aksiyasi onlayn-formatda, sanitariya-epidemiya talablariga rioya qilingan holda o‘tkaziladi.
9-may kuni harbiy parad ham o‘tkazilmaydi. Qozog‘iston mudofaa vazirligi munosabat bildirishicha, budjet pullarini iqtisod qilish, boshqa yechimini kutib turgan vazifalar borligi uchun shunday qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter