Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaiti prezidenti o‘z qarorgohida o‘ldirildi

Gaiti prezidenti o‘z qarorgohida o‘ldirildi

Foto: ©ghall.com.ua

Gaiti prezidenti Jovenel Moizga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Qotillar uning poytaxt Port-o-Prensedagi qarorgohiga kirishga muvaffaq bo‘lishgan. Voqea joyida uning rafiqasi ham jarohatlangan va shifoxonada vafot etgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

«Bugun, 7 iyul kuni ertalab ispan va ingliz tillarida so‘zlashadigan bir guruh noma’lum shaxslar respublika prezidentiga suiqasd uyushtirishdi. Prezident olgan jarohatlaridan vafot etdi», dedi Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Klod Jozef.

Hujum natijasida birinchi xonim Martina Moiz jarohat olgan va kasalxonaga yetkazilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

53 yoshli Jovenel Moiz 2017 yil fevralidan beri hokimiyatni boshqarib kelayotgan edi.

Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Klod Jozef ushbu qotillikni qoraladi va uni «vahshiylik harakati» deb atadi. U mamlakat prezidenti vazifasini o‘z zimmasiga olganini ham qayd etdi.

Gaiti qashshoq davlatlardan biridir. Aholisining 60 foizi kuniga 2 dollardan kam pul ishlab topadi. Gaitida 10,6 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring