Gaiti hukumati BMTdan mamlakatga qo‘shin yuborishni so‘radi
Gaiti hukumati BMTdan prezident Jovenel Moip o‘ldirilganidan keyin mamlakat xavfsizligini, xususan, asosiy infratuzilmani ta’minlashga yordam berish uchun qo‘shin yuborishni so‘radi.
Mamlakat hukumati xuddi shunday so‘rovni AQShga ham yuborib, infratuzilma, portlar, aeroportlar va energiya tizimlarini himoya qilish uchun 500 kishidan iborat cheklangan kontingentni yuborishni so‘ragan edi.
BMT Gaiti hokimiyatidan olgan xatni o‘rganishmoqda. Harbiylarni yuborish to‘g‘risidagi qaror Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Gaiti prezidenti chorshanba kuni kechqurun o‘zining qarorgohida o‘ldirilgan edi.
Payshanba kuni mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari qotillikka aloqador 28 gumonlanuvchini aniqladilar, ulardan 26 nafari Kolumbiya fuqarolari, yana ikki nafari AQSh fuqarolaridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter