Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Havoga sochilgan 298 jon» — Gaaga sudi MH17 samolyoti Rossiya armiyasi qurolidan urib tushirilganini e’lon qildi

«Havoga sochilgan 298 jon» — Gaaga sudi MH17 samolyoti Rossiya armiyasi qurolidan urib tushirilganini e’lon qildi

Gaaga sudi: MH17ni urib tushirgan «Buk» zenit-raketa tizimi Rossiyadan Ukrainaga olib kelingan va keyin qaytarilgan.

Gaaga sudi Malayziyaning Boeing 777 samolyotini urib tushirgan «Buk» zenit-raketa majmuasi Rossiyadan Ukrainaga olib kelinganini va voqeadan so‘ng qayta olib ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«2014 yil 16 iyuldan 17 iyulga o‘tar kechasi Donetsk xalq respublikasi jangchilari Rossiya Federatsiyasidan «Buk» havo mudofaa tizimini olib kelishgan. Bunday mudofaasiga ehtiyoj ancha vaqtdan beri mavjud edi. 2014 yil 16 iyuldagi og‘ir janglardan so‘ng, DXR og‘ir yo‘qotishlarga uchradi va havo hujumlaridan o‘zini himoya qila olmadi, bu tizimga juda talab katta edi», dedi sudya Xendrik Stinxeys.

Stinxeys shuningdek, urib tushirilgan yo‘lovchi reysi hodisasini tergov qilish jarayonida raketa majmuasi Rossiya armiyasiga mansubligi oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, majmua DXR hududidan tezda olib chiqib ketilganini ta’kidladi. «Ushbu halokat «Buk» havo mudofaa tizimidan foydalanish natijasida ro‘y bergani ma’lum bo‘lgach, shu yo‘l bilan xalqaro janjalning oldini olish mumkin degan umidda u tezda Rossiyaga qaytarildi», — deya xulosa qildi sudya.

Gaaga sudi DXR sobiq mudofaa vaziri Igor Xirkin (Strelkov) va uning qo‘l ostidagi ikki xodim – Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenkoni 2014 yilda Malayziya Boingida (MH17 reysi) uchayotgan odamlarning o‘limida aybdor deb topdi va ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga ketayotgan Boeing 777 samolyoti 2014 yilning 17 iyulida DXR hukumati nazorati ostidagi hududga qulagan edi. Samolyotdagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring