MXQ raisi, vazirlar va elchi... – futzal bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti jamoasi tarkibi aniq bo‘ldi
Qirg‘izistonda o‘tkazib kelinayotgan futzal bo‘yicha «Muras» turniri joriy yil 14-15-dekabr kunlari «Gazprom – bolalar uchun» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida va Bishkekdagi «Kaba uulu Kojomkul» nomidagi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirda ishtirok etadigan 16 jamoaning biri – mamlakat prezidenti Sadir Japarov jamoasining tarkibi e’lon qilindi.
Prezident Japarovning matbuot kotibi Erbol Sultonboyevga ko‘ra, jamoa 15 kishidan iborat va ular:
- Sadir Japarov – Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti;
- Qamchibek Tashiyev – Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi;
- Medetbek Bukuyev - Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi;
- Ayaz Bayetov – adliya vaziri;
- Almaz Baketayev — Moliya vaziri;
- Nurtazin Jetibayev - Davlat qurilish direktori;
- Xudoybergen Bazarboyev — mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vaziri;
- Almasbek Abitov – Prezident va Vazirlar Mahkamasining Jogorku Keneshdagi doimiy vakili;
- Umbetali Qidiraliyev – «Qumtor» oltin koni direktorlar kengashi a’zosi;
- Aziz Aaliyev – O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
- Musa Jamanboyev – Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
- Mayrambek Qaliboyev – Prezident Administratsiyasining imtihon topshirish bo‘limi eksperti;
- Aybek Junushaliyev – Davlat rahbari Administratsiyasi Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini tayyorlash bo‘limi mudiri;
- Talant Imanov – raqamli rivojlanish vaziri;
- Shabdanboyev Kanat – Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining o‘rinbosari – Jismoniy tarbiya va sport departamenti direktori.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida prezident ma’muriyati jamoasi «Muras» turnirida g‘olib chiqqan va yutuq evaziga olingan 1 mln som Mehribonlik uylariga taqdim qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter