Futbol maydonini yer yutib yubordi
AQShda futbol maydoni o‘rtasida ulkan o‘ra paydo bo‘ldi.
Bir necha kun avval bu yerda havaskorlar jamoasi mashg‘ulot o‘tkazgandi.
Kengiligi 30 metr, chuqurligi 9 metrli o‘raning paydo bo‘lishiga futbol maydoni Illinoys ohak konining shundoqqina ustida joylashgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Mahalliy kon operatori bayonotiga ko‘ra, yerning cho‘kishi sodir bo‘lgan.
Shahar meri Devis Goins feysbukda yozishicha, muammo bilan geologlar va muhandislar shug‘ullanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter