Frilanserlar uchun eng yaxshi shaharlar aniqlandi
«Raqamli ko‘chmanchilar» uchun eng yaxshi ishlarni taklif etayotgan jahonning 10 shahri aniqlandi. Frilanserlar uchun eng yaxshi ishlarni taklif etuvchi shaharlar ro‘yxatini Tayvanning Gaosyun shahri boshqarmoqda, deya xabar berdi «Lonely Planet».
Gaosyunda bir oy yashash 956 dollarga tushadi: shahar markazidagi uncha qimmat bo‘lmagan mehmonxonada yashash va uch mahal ovqat ham shuning ichida.
Ukrainaning Lvov shahri bu ro‘yxatda ikkinchi. Bir oylik xarajat — 539 dollar: Katmandu shahri bu reytinda uchinchi o‘rinda: Nepal poytaxtida bir oy yashashga 651 dollar ketadi.
Yetakchi o‘nlikka, shuningdek, Vetnam poytaxti Xanoy (859 dollar), Shri-Lanka poytaxti Kolombo, Chiangray (Tailand), Dalat (Vetnam), Qirg‘iziston poytaxti Bishkek hamda Keretaro (Meksika) shaharlari kiritildi.
Ro‘yxatni tuzishda internetning tezligi, iqlim, xavfsizlik, turarjoy ijara haqi va mahalliy xalqning xorijliklarga do‘stona munosabati kabi omillar hisobga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter