Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frensis Fukuyama nega Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganini tushuntirdi

Frensis Fukuyama nega Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganini tushuntirdi

Frensis Fukuyama.

Foto: «LiveJournal»

Rossiya 1991-yilda qulagan kommunizm oqibatlarini bekor qilish uchun Ukrainaga hujum qildi, dedi Frensis Fukuyama. Bu haqda «Taipei Times» yozmoqda.

Fukuyamaning fikricha, prezident Vladimir Putin demokratik Ukraina Rossiyada demokratik harakatni motivatsiyalashidan cho‘chiydi.

Xitoy Ukrainadagi voqealarga jahon hamjamiyatining reaksiyasini diqqat bilan kuzatmoqda, dedi Fukuyama. Negaki, ukrain inqirozi oqibatida xalqaro munosabatlar yanada tanglashgan.

Yosixiro Frensis Fukuyama (1952-y. tug‘ilgan) — yapon millatiga mansub Amerika faylasufi, siyosatshunos, siyosiy iqtisodchi va yozuvchi. Shov-shuv ko‘targan «Tarixning tugashi va so‘nggi odam» kitobining muallifi. U o‘z asarida hammayoqda liberal demokratiya o‘rnatib bo‘linishi bilan insoniyat o‘z ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining so‘nggi nuqtasiga yetib borishi g‘oyasini ilgari suradi. Fukuyama Stenford universitetining Demokratiya, taraqqiyot va qonun ustuvorligi markazi katta ilmiy xodimi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring