Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada soxta politsiyachilar niqob taqqan xitoyliklarga jarima solgan

Fransiyada soxta politsiyachilar niqob taqqan xitoyliklarga jarima solgan

Foto: «REUTERS»

«RIA Novosti»ning yozishicha, Fransiyada soxta politsiyachilar jamoat joylarida niqob taqqani uchun xitoylik talabalarni 171 dollar qiymatida jarimaga tortdi, deb xabar bergan Xitoyning Parijdagi elchixonasi.

«Yaqinda chet ellik talabalar ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoat joylarida niqob taqib, yuzni yashirish taqiqlanishi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun «politsiyachilar» ularga 150 yevro (taxminan 171 dollar) jarima solganini ma’lum qildi. Tekshiruvdan so‘ng fransuz politsiyasi va qonun vakillari odamlar o‘zlarini politsiyachi qilib ko‘rsatganini, tibbiy maqsadda niqob taqish noqonuniy emasligini ma’lum qildi», — deyiladi elchixona xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring