Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada nega masjidlar ustidan nazorat kuchaytirilmoqda?

Fransiyada nega masjidlar ustidan nazorat kuchaytirilmoqda?

Foto: «AP»

Fransiya hukumati radikalizmni yo‘q qilish maqsadida masjidlar va diniy maktablar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Tegishli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bugun, 16-fevral kuni parlamentning quyi palatasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi «Associated Press».

Jumladan, hujjat ko‘pxotinlilik va majburiy nikohga qarshi kurashishga qaratilgan. Qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, u yerda prezident Emmanuel Makronning markaziy partiyasi ko‘pchilikni tashkil etadi. Hujjat konservatorlar hukmronlik qiluvchi Senatda ham qarshilikka duch kelmasligi ehtimoldan yiroq emas.

Ushbu qonun loyihasi mamlakatda yashovchi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ularning fikricha, ushbu hujjat din erkinligini cheklaydi. Fransiyada shusiz ham terrorizmga qarshi kurashish uchun yetarlicha qonunlar mavjud. Qonun loyihasiga qarshi tomon, shuningdek, bu faqat Makronning kelasi yilgi prezident saylovlaridan oldin konservativ va o‘ta o‘ng saylovchilar orasida siyosiy ochko to‘plashga urinishi, deya ta’kidlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring