«Respublika uchun xavfli shaxs»: fransuz vaziri keskin bayonot bilan chiqdi
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin respublika uchun eng xavfli shaxs nomini ochiqladi.
Bu haqda vazir Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Vazirning aytishicha, bu shaxs prezidentlikka nomzod, o‘ng qanot «Milliy front» partiyasi rahbari Marin Le Pendir. Darmanenning fikricha, uning davlat rahbari etib saylanishi fuqarolar urushiga olib keladi. U, shuningdek, bu siyosatchi saylovning ikkinchi bosqichiga chiqishi ehtimoli bor, degan fikrni bildirgan.
Bundan tashqari, fransiyalik amaldor Le Penning «nol migratsiya» g‘oyasi texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lmasligini va muhojirlar oqimining amalda to‘xtatilishi Fransiya kelajagi uchun «nomaqbul» ekanligini ta’kidlagan.
«Agar Le Pen xonim qachondir hokimiyat tepasiga kelsa, milliy nizolar, keyin esa fuqarolar urushi boshlanadi», — deya ta’kidlagan u.
Fransiyada prezidentlik saylovlari 2022 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, amaldagi prezident Emmanuel Makron ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish niyatini faqat yanvar oyi boshida ma’lum qildi. Sotsiologik so‘rovlarga ko‘ra, Makrondan tashqari o‘ng qanot Milliy miting partiyasi yetakchisi Marin le Pen va Il-de-Frans mintaqaviy kengashi raisi Valeri Pekresning ikkinchi o‘ringa chiqish imkoniyati eng katta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter