Fransiya prezidentiga tarsaki tushirgan odamga hukm o‘qildi
![Fransiya prezidentiga tarsaki tushirgan odamga hukm o‘qildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2535804015.jpg)
Fransiyaning Valans shahar sudi davlat rahbari Emmanuel Makronga shapaloq tushirgani uchun Damen Tarelni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda payshanba kuni BFMTV telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak zudlik bilan turmaga yuborilgan.
Ma’lumki, prokuratura 18 oylik qamoq jazosini talab qilgan. Hukmdan norozilarga 10 kun muhlat berildi.
8-iyun kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ten-l’Ermitaj kommunasida joylashgan litseyga borgan. Davlat rahbari niqobdagi kishiga qo‘lini uzatgan paytda yuziga tarsaki tushirib qolgan. Prezident soqchilari shu zahoti bezorining qo‘lini qayirib, olib ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter