Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FQB rahbarligiga nomzod eronlik hakerlar hujumiga uchradi

FQB rahbarligiga nomzod eronlik hakerlar hujumiga uchradi

AQSh Federal qidiruv byurosi rahbarligiga nomzod Kesh Patel eronlik hakerlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi CNN.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, kiberjinoyatchilar Kesh Patelning ayrim yozishmalarini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, saylangan prezident Donald Tramp FQB rahbarligi uchun Kesh Patelni tavsiya qilgandi.

Patel Trampning Rossiya bilan aloqadorligi ehtimoli yuzasidan tergov o‘tkazgan FQB va Adliya vazirligi tanqid qilingan «Nunes memorandumi»ni yozishda ko‘maklashgani bilan ma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring