Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi

«Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi

Marshal Abdurashid Do‘stum tvitterdagi sahifasida xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonning hozirgi hukumatini tan olishga shoshilmaslikka chaqirdi.

«Men xalqaro hamjamiyatni va barcha qo‘shnilarimizni, ayniqsa shimoliy va shimoli-g‘arbiy davlatlarni, Afg‘onistondagi terroristik hukumatni tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman.

Men BMTdan sukunatni buzishni va «qora ro‘yxat»ga kiritilgan terrorchilardan Panjshirdagi etnik tozalash va genotsidni to‘xtatishni, vodiy darvozalarini ochishni, OAVga vaziyatni yoritishga va Panjshirga gumanitar yordam kirishiga ruxsat berishni talab qilishini so‘rayman. Fojia yaqinlashmoqda», deb yozadi u.

Bu orada «Tolibon» Afg‘onistondan ekstremistlarni quvib chiqarayotgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, «Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati»ning ko‘p a’zolari «Tolibon» talabi bilan Afg‘onistonni tark etishgan. Bu bayonot harakatning Qatar siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Shohin tomonidan Xitoy nashriga berilgan intervyuda aytilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremistik tashkilotning ko‘plab a’zolari Afg‘onistonni tark etishgan, chunki ularga Afg‘oniston hududidan boshqa mamlakatlarga hujumlar tayyorlash uchun yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring