Finlyandiyada yangi prezident saylandi
Finlyandiyaning yangi prezidenti etib sobiq bosh vazir, Milliy koalitsiya partiyasidan nomzod Aleksandr Stubb saylandi.
Ovozlarning 100 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovozga ega bo‘ldi. Uning raqibi, Yashillar partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Pekka Xaavisto 48,4% ovoz oldi.
Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida mamlakat fuqarolarining 70,7 foizi saylovda qatnashgan.
Inauguratsiya 1 martga belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter