Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi

Foto: InoSMI

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradosh hududida devor qurishga kirishdi. Qurilishga Imatra chegara punktida start berildi, dushanbadan bu yerdagi daraxtlarni kesish boshlab yuborildi.

Avvaliga 3 km uzunlikda devor qurilib, sinab ko‘riladi. Sovuqqa bardoshliligi, o‘tishga urinuvchilarni to‘xtatish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Uch kilometrli devorning bahosi — 6 mln yevro. Qurilish iyunda tugaydi.

Finlar qurayotgan devorning balandligi 3 metr bo‘ladi, videokameralar, projektorlar va ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatiladi.

Devorning jami uzunligini 200 kilometrga yetkazish reja qilingan. Rossiya va Finlyandiya o‘rtasidagi chegara uzunligi — 1 300 kilometr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring