Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya prezidenti NATOga kirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Finlyandiya prezidenti NATOga kirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo o‘z mamlakatining NATOga qo‘shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Turkiya va Vengriyadan tashqari Ittifoqning barcha davlatlari Finlyandiya va Shvetsiyaning a’zo bo‘lishiga rozilik bildirgandi.

Anqarada parlamentning xalqaro aloqalar qo‘mitasi kuni kecha Xelsinki so‘rovini ma’qulladi, endi u qonunchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu masala keyingi bir necha kun ichida hal bo‘ladi.

Budapesht ham Finlyandiya nomzodini kelgusi hafta boshida ko‘rib chiqmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring