Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya parlamenti NATOga a’zo bo‘lish uchun ovoz berdi

Finlyandiya parlamenti NATOga a’zo bo‘lish uchun ovoz berdi

Foto: «EADaily»

23-aprel kuni Finlyandiya parlamenti mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansi (NATO)ga a’zo bo‘lishi uchun ovoz berdi.

Parlamentdagi deputatlarning ko‘pchiligi NATOga a’zolikni yoqlashdi. Finlyandiya tashkilotga a’zolik uchun Shvetsiya bilan birgalikda ariza topshirgani ma’qul, deyishdi parlament a’zolari.

Finlyandiya parlamenti endi NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza yuboradi. Voqea yoz fasliga to‘g‘ri kelishi mumkin.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, agarda zarur hujjatlarni taqdim etishsa, Finlyandiya va Shvetsiya harbiy blokka tezlashtirilgan tartibda qabul qilinishini aytgan.

Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara uzunligi — 1 265 kilometr. Rossiyaning NATO davlatlari (Norvegiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha) bilan quruqlikdagi chegaralari uzunligi shu paytgacha 1 215 kilometr edi. Alyansning sharqqa kengayishini istamayotgan Rossiyaning Shimoliy alyans bilan quruqlikdagi chegaralari ikki baravardan ziyodroqqa (2 480 km) cho‘zilishga juda yaqin. Kamiga Rossiyaning Kaliningrad viloyati suv va quruqlikda NATO mamlakatlari «bag‘rida» qolib ketishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring