Filippinda vulqon tufayli 14 ta shahar darvozalari yopib qo‘yildi
Filippinning Batangas provinsiyasida joylashgan Taal vulqoni otilishi tufayli aholining 14 ta shaharga kirishi taqiqlab qo‘yildi, deya xabar berdi «Regnum».
Tabiiy ofatlar asoratlarini kamaytirish va boshqarish mahalliy tuzilmasi rahbari Lito Kastroning so‘zlariga ko‘ra, 17-yanvar kuni Taal vulqonidan 14 km masofagacha yashaydigan barcha aholiga uyiga qaytish taqiqlab qo‘yildi.
Shuningdek, Kastroning fikricha, 17 yanvarga qadar vulqon otilishi tufayli 66 mingdan ziyod kishi 283 ta evakuatsiya markaziga ko‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter