Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippinda dahshatli tayfun 28 kishini hayotdan olib ketdi

Filippinda dahshatli tayfun 28 kishini hayotdan olib ketdi

Foto: «REUTERS»

Filippinda «Ursula» tayfuni qurbonlari soni 28 nafarga yetdi, deb xabar berdi «ABS-CBN» telekanali.

Ikki kishi jarohat olgan, yana 12 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Halok bo‘lgan 28 kishidan 13 nafari Iloilo provinsiyasida hayotdan ko‘z yumishdi.

2 mingta uy va 55 ta maktabga zarar yetdi, 150 ta shahar elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. Qariyb 44 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi. «Kalibo» xalqaro aeroporti zarar ko‘rganiga qaramay, hukumat havo yo‘lini hamda elektr ta’minotini tiklashni allaqachon boshlab yuborgan.

«Ursula» tayfuni 24-dekabr kuni kechasi Filippin hududiga yopirilib kirdi. Arxipelagning markaziy qismlarida, Antik, Mindoro, Palavan, Aklan va Romblon provinsiyalarida kuchli yomg‘ir va bo‘ronlarni keltirib chiqardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring