Prezident Duterte ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaydigan bo‘ldi — Filippin
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining o‘rniga kimlar mamlakatni boshqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Manila Times» gazetasiga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
«Keyingi prezident Bikol (mamlakat mintaqalaridan biri — tahr.)dan bo‘ladi. Salseda yoki Eskuderodan birini saylaysiz», — dedi Duterte.
Fransis Eskudero — sobiq senator va Sorsogon provinsiyasi gubernatori, Joui Salseda — Albay provinsiyasining mamlakat vakillar palatasidagi odami.
Duterte ikkinchi marta saylovlarga nomzodini qo‘ymasligi aytdi: «Nomzodimni ilgari surmayman, o‘zimni bog‘lab qo‘yish niyatim yo‘q».
Prezident, shuningdek, Davao shahri meri — qizi Sara Duterte-Karpioning ham kelajakda mamlakatni boshqarishini istamasligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter