Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin prezidenti karantinni buzganlarni otib tashlash bilan qo‘rqitdi

Filippin prezidenti karantinni buzganlarni otib tashlash bilan qo‘rqitdi

Foto: «Cont.ws»

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiya va armiyaga koronavirusni tarqatib yurganlar qarshilik ko‘rsatsa otib tashlashni buyurdi.

«Politsiya va armiyaga buyrug‘im shu — agarda muammo paydo bo‘lsa, agarda ular (koronavirusga chalinganlar — tahr.) qarshilik ko‘rsatib, hayotingizga xavf tug‘ilsa, nishonga olib, joyida otib tashlang! Tushunarlimi?», — dedi prezident Duterte televideniye orqali xalqqa qilgan murojaatida.

Prezident bu gap karantinga yuborilib, ammo unga rioya qilmayotganlarga ham taalluqli ekanini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, prezident matbuot xizmati davlat rahbarining ushbu gaplariga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, prezident bu yerda odamlarning e’tiborini tortish uchun shunday so‘zlashga majbur bo‘lgan. Milliy politsiya rahbari ham «prezident muammoning jiddiyligini urg‘ulash, jamoat tartibini saqlash muhimligi uchun shunday yo‘l tutganini» aytib, kuch ishlatar tizimlar hech kimga qarata o‘q uzmasligiga va’da berdi.

Ayni paytga kelib, Filippinda 2300 dan ziyod inson koronavirus bilan kasallangan, shulardan 96 nafari vafot etgan. Testlarning yetishmovchiligi nazarda tutilsa, kasallik yanada ko‘p bo‘lishi mumkin.

«Vaziyat yomonlashyapti. Shuning uchun yana takrorlayman — muammo o‘ta jiddiy, mega quloq tutishingiz shart», — deb ta’kidlagan Duterte telemurojaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring