Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Feysbukda g‘alayon. Hissadorlar Sukerbergga qarshi chiqishmoqda

Feysbukda g‘alayon. Hissadorlar Sukerbergga qarshi chiqishmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i hissadorlari Mark Sukerbergni kompaniya direktorlar kengashi raisligidan ozod qilishni istashmoqda. Bu haqida bugun Business Insider tomonidan ma’lumot tarqatilgan.

Xabar qilinishicha, 30 may sanasida bo‘lib o‘tadigan hissadorlar yig‘ilishida ushbu masala kun tartibiga qo‘yiladi. Unga ko‘ra kompaniya ish tizimini o‘zgartirish va yangi mustaqil rais tayinlash masalasi ko‘riladi.

Garchi Sukerberg iste’foga chiqarilishi ehtimoli ancha past bo‘lsa-da, avval ham shunga o‘xshash noroziliklar bo‘lgan edi. O‘tgan yilning yozida ham Feysbuk sarmoyadorlari ijtimoiy tarmoq asoschisini lavozimidan ozod etishga urinishgan.

Ammo bu urinishdan naf chiqmagan. Chunki Sukerbergning o‘zi va uning tarafdorlari kompaniyaning eng ko‘p ovoz berish imkonini beruvchi aksiyalariga egalik qilishadi. Eslatib o‘tamiz, Sukerberg Feysbuk asoschisi hisoblanadi va direktorlar kengashi raisi lavozimini 2012 yildan buyon egallab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring