Meksika Sukerbergdan yordam so‘radi
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador «Facebook» asoschisi Mark Sukerbergdan mamlakatning kambag‘al aholisini internet bilan ta’minlashda yordam berishni so‘radi. Ushbu taklif Sukerberg bilan o‘tkazilgan videokonferensiya chog‘i o‘rtaga tashlandi.
Obradorning aytishicha, Meksikaning 20 foiz aholisi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Bu aholining eng qashshoq qatlami.
Andres Manuel Lopes Obrador 2018-yili prezidentlik samolyotidan voz kechgandi. U o‘z qarorini mamlakatning kambag‘al aholisi oldida andisha qilishi bilan izohlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter