Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda choralar: Mo‘g‘uliston virus tufayli barcha maktab va bog‘chalarni yopadi

Favqulodda choralar: Mo‘g‘uliston virus tufayli barcha maktab va bog‘chalarni yopadi

Foto: «Centralasia.media»

Mo‘g‘ulistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 27-yanvardan 2-martga qadar butun mamlakat bo‘ylab umumta’lim maktablari, bog‘cha va oliygohlar yopiladi. Qaror 26-yanvar kuni navbatdan tashqari hukumat yig‘ilishida qabul qilindi. Bu haqda «Regnum» xabar bergan.

Umumta’lim maktablari yopilishi tufayli Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi tele va onlayn darslarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Mo‘g‘uliston Xitoy bilan chegaradosh hamda koronavirus tarqalish xavfi yuqori mamlakat bo‘lgani uchun jamoat tadbirlarini tashkillashtirish taqiqlanadi, barcha o‘quv markazlari va bolalar o‘yingohlari 2-martgacha yopib qo‘yildi.

Mo‘g‘uliston poytaxtida savdo markazlarini nazorat qiluvchi maxsus guruh tashkil etildi. Zaruratga qarab hukumat barcha bozor va savdo markazlarini yopib qo‘yishga tayyor.

Xitoyning zotiljam tarqalgan Uxan shahrida 30 nafar mo‘g‘ul talabasi tahsil oladi. Ular karantin joriy qilingunga qadar yurtiga qaytishga ulgurmadi. Shunga ko‘ra Mo‘g‘uliston bosh vazir o‘rinbosari Olziysayxana Enxtuvshin ta’lim, fan va madaniyat vaziri Yondonperenleyn Baatarbilegga Uxanda o‘qiyotgan talabalarni evakuatsiya qilishni tashkillashtirishga, tashqi ishlar vaziri Damdina Sogtbaatarga mo‘g‘ul-xitoy chegarasi orqali odamlar o‘tishini cheklashga topshiriq berdi.

Ta’kidlash jiozki, Mo‘g‘ulistonda ayni vaqtda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmagan. Tibbiyot muassasalarida profilaktika choralari kuchaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring